Logo
Overview
Faust haqida nimadirlar

Faust haqida nimadirlar

July 12, 2025
6 min read
index

This post has been read 1010👁️ times.

Faust

Mozi lavhalari jonlanur yana,

Fusunkor tonglari sehrli tunlar,—

Jonlanur misli bir ajib afsona

Yoshligu ilk bora sevishgan kunlar

Part 1

Faust XVI asrlar birinchi yarmida Germaniyada yashagan afsonaviy sayohatchi, alximik, astrolog va sehrgar deya taʼriflanadi. Reformatsiya ( keng diniy va ijtimoiy-siyosiy yurish) davrlarida doktor Faust haqidagi uning afsonaviy hayotini talqin qilishni boshlashgan. Buning natijasida Yevropa adabiyotida yangicha asarlar yaratilishiga sabab boʻlgan va bundan eng mashhurlari, albatta, Gyotening «Faust» tragediyasi hisoblanadi. Faustning hayoti kechinmalari koʻpincha XVI asr oxirlarida paydo boʻladi, lekin ularning orasida Faustga tegishli eng aniq faktni belgilab olish juda qiyin.

Gyotening butun umrini bagʻishlab yozgan tragediyasi nafaqat nemis adabiyoti uchun eshiklarni ochgan, balkim, rus yozuvchilari ham Gyotedan ilhomlanib shedevr asarlar qoldirishgan. Masalan, Turgenev, Pushkin, Bulgakov va boshqalar. Yana bir qator rassomlar ijodida ham Faustga bagʻishlangan ishlarini koʻrishlaringiz mumkin, misol, Rembrandt (ofort Faust), Kaulbax; Brubel (panno-triptix); Delakrua (Kornelius, Retsh).

Endi mavzuning asosiy nuqtasiga oʻtsak, yaʼni, nima uchun koʻpgina tarixiy manbalarda va jahon adabiyotida Faust bu Gyote, Gyote bu Faust deyishadi.birinchi sabablardan biri, Faust dunyoning bor bilimiga ega boʻlgan inson, Gyote ham koʻp narsani bilgan va koʻp sohalarda yuksalgan shaxs, diniy bilim, cheksizlik, siyosat va turli xil sohalarda kuchli bilimga ega boʻlishgan. Oʻquvchilarga qaratib yozilgan asarlarda, yozuvchi doim oʻz kechinmalarini yetkazishga harakat qilishadi. Gyote ham xuddi shu talqinda, oʻsha davrdagi Yevropa va boshqa Sharq mamlakatlaridagi madaniyatni, ayniqsa, Qadimgi Rim, siyosiy boshqaruvlar va insonlarning oʻsha davrdagi haqiqiy kechinmalarini koʻrsatishga uringan.

Ushbu tragik asarda Faust mukammallikka va dunyo lazzatlarini barchasiga ega boʻlishga boʻlgan istagiga koʻp urgʻu beriladi, ushbu maʼnodan kelib chiqib fikr yuritadigan boʻlsak, demak, u koʻp narsalarni bilib boʻlgan, yuksaklikka erishgan, lekin unga nimadir yetishmaydi. Koʻpchilik xulosa qilishi mumkinki, yaʼni inson yuksaklikka intilavergani sari uning sof xohishlari oʻzgarib ketib va U oldin ishonganlariga nisbatan ham umidi qolmaydi. Butun koinot sir asrorlari-yu va uning oxiri qayerdaligi ham bunday insonlarni yoʻldan urishi mumkinligiga ham silliq urgʻu beriladi.

Gyotening hayoti va ijodini bilgan insonlar tushunishi mumkinki, U ham qaysidir jihatdan yuksaklikka erishgan shaxs, demak u yozgan asar butun hayoti davomidagi ijod mahsuli boʻlib, uning koʻp hayollari, savollari va aynan oʻsha davrdagi, nafaqat U davr, balkim butun insoniyat asliyatini ochib berishga ham harakat qilgan deb oʻylayman.

Meni qiynagan jihati, juda koʻp mifologik nomlar, ismlar mavjud. Yaʼni, asarning asl maʼnosini tushunish uchun, avvalo ularning taʼrifini bilish kerak deb oʻylab qoldim. Bundan kelib chiqsak, Gyote 60 yil mehnat qilgan boʻlsa, biz ham shunchaki oʻqimasligimizga toʻgʻri keladi. Koʻpgina nomlarda izlanish talab etiladi. Falsafa va boshqa sohalarda kam-kam boʻlsa ham bilimga ega boʻlgan insonlar uchun unchalik ogʻir oʻqilmaydigan asar. Lekin, birinchi marta oʻqiyotganlar uchun qiyin kechadi. Har qadamda yangi bilmagan soʻzlar chiqaveradi. Agar, uning maʼnosini bilmasangiz, asli nimalarga shama qilmoqchi boʻlganini tushinish qiyin: faqatgina umumiy qalbini iblisga sotgan, keyin sevib qolgan, qizni ham yoʻldan urgan, onasini oʻldirgan, valpurgiya kechasi, bogʻlar, alvastilar, yoshlik eliksiri, qariydi, oʻladi, iblis yutdim deganda yutqazadi deb tushuniladi, xolos.Uch marta o’qib keyin sal tushunishni boshladim,yana boshidan o’qiyapman.

Asosiy qahramonlar

Faust - alximik, sehrgar

Mefistofel - Iblis

Tangri

Gretxen(Margarita)

Vagner(Faustni o'quvchisi)

Yelena qadimgi yunon mifologik xudosi, (Faustdan ikkalasini Evforion degan oʻgʻli boʻladi)

(Faust va Yelenaning turmushi - Antik va romantik davrlar boshlanishining belgisi hisoblanadi)

Valentin - Soldat, Margaritaning (Gretxen)akasi. Faust uni oʻlidirib qoʻyadi

Mefistofel - inkor qiluvchilar, skeptiklarni gavdalantiradi. Shumtaka - Ayyor - Hiylagar - Aldoqchi - O‘zini bechora qilib ko‘rsatuvchi. Uning vazifasi inson zoti qanchalik rasvoligini koʻrsatib berish

  1. Inson taqdirini tanlash huquqiga ega emas

Lekin:

  1. Inson ilohiy kuchlarni his qilishga va bilishga, izlanishga erki bor.

Mefistofel Faustni yoʻldan urib nimaga erishmoqchi boʻladi?

Birinchi navbatda Tangri bilan qilgan bahslariga isbot koʻrsatish uchun va inson Tangri aytganchalik toʻgʻri mavjudot emasligini ilgari surishga harakat qiladi. Asarda Gyote,oʻsha davrdagi yevropaliklarning holati koʻproq aks ettirilgan.

Tangri bilan bahs boʻlgan qismidan keyin Faustning chiqishi boʻladi. U xonasida yolgʻiz oʻtirib shuncha narsani oʻrgandim, ilohiyot bilan band boʻldim, yetuklikka erishdim, lekin nodonman hamon deya oʻzini chuqur oʻyga botiradi.

Ilohiyot ila band boʻldim,

Faylasufi xiradmand boʻldim.

Ilmi huquq, ilmi tabobat -

Barchasini oʻrgandim, faqat,

Faqat menga bir narsa ayon:

Nodon edim, nodonman hamon.

Gyote aynan shu joyini pessimistik qarashlar bilan boshlaydi. Faust kimligini bilsa ham hayot U uchun zerikarli boʻlib tuyuladi. Mefistofel uning gʻamga tushgan hayollari, qalbiga tez kirib boradi, chunki U Faust istagan barcha narsani taqdim etadi. Yaʼni, Mefistofel bu yerda Tangri emaski hamma narsani bera oladigan, u inson eshitishni istagan va qilishni istagan yoʻlga boshlovchi bir iblis, xolos. Baʼzan Faustning jahli chiqadi, axir menga boshqacha gapirganding deb, lekin oʻzi shu holatga rozi boʻlganini ham tushunadi.

Mefistofel, Faustni Margarita bilan uchrashtirib qoʻyadi, lekin Faust Margaritani sevmaydi, uning sevgisi va maqsadi boshqa: bu dunyoni boshqa tomonini koʻrish, Margarita bu yerda shunchaki vosita boʻlib qoladi. U yosh, goʻzal, ishonuvchan, Tangrisiga ishonadi, qonun qoidalardan chiqmaydi, Faustni koʻrgach barchasi oʻzgaradi, sevgisi uchun onasini oʻldiradi. Margaritaning akasini Faust Mefistofelning gapi bilan oʻldirib qoʻyadi: bu yerda akasi esa singlisi qanchalik shaʼni yoʻqligini va bu uchun u javob berishini aytib oʻlib qoladi.

Bu hodisaga chidolmagan Margarita(gretxen) oʻzini qamoqxonada oʻldirib qoʻyadi.

Margaritaning Faustga Xudoga ishonasanmi degan gapi asarda ochiq qolib ketadi. Yaʼni, sevgilim, bu haqida soʻramang aslo deya gapni yopadi. Faustning qalbi Tangriga bogʻlanganmi yoki yoʻqmi bilish qiyin, sababi, U yoʻq ham demaydi, ha ham demaydi. Ammo, asar boshida Tangri yaratgan va koʻrsatgan amallar ustidan istehzoli gapiradi.

Asarda davlat boshqaruvlari ham koʻrsatib ketilgan. Imperator Iblisga ishonib qimmatga tushdim degan joylari bor) Yaʼni, u koʻrsatgan koʻrsatmalar oxirida puch boʻladi, xalq koʻtarilmasligi uchun nima kerak boʻlsa qilinadi.

Faust barcha narsaga erishadi, beshinchi faslda u 100 yoshday tasvirlanadi. Oʻlim vaqti kirib kelishidan oldin, shuncha yoʻl bosib oʻtdim, barcha dunyo lazzatin va ilmga erishdim. Olam hikmatini ayladim yakun! Insonlar oʻz erki hayoti uchun jang qilolsa, oʻsha hayot uchun munosib deydi.

*Shu onlarda aytardimki:

Toʻxta ey vaqt! Goʻzalsan gʻoyat!*

Aytardim hayotda men qoldirgan iz

Oʻchmayin qolajak abadul abad

Oʻshal soniyani sezib oldindan

Eng oliy lahzada turibman bu dam!

Nimaga Faust jahannamga ketmadi

Asar boshida Faust to’g’ridan to’g’ri iblis/shaytob bilan kelishuv qiladi.Bu ishi uchun u do’zahda do’mbira bo’lishi kerak edi.Ammo uni malaklar/farishtalar olib ketdi

Gyote bu yerda nima demoqchi boʻlgan. Inson qalbidagi uchqun va dunyoga boʻlgan nazari, va muhabbatga ishonsa,tuyg’ulari soʻnmasa, oxirgi nafasigacha umid uchqunini soʻndirmasa bu olamni anglay oladi degan fikrni ilgari surib qoʻygan.

Mefistofel (Iblis) hattoki oʻzi ham malaklar aytgan muhabbat soʻzlariga ishongisi keladi. Ammo, shu onlarda Faustni ular yuqoriga koʻtarib olib ketishadi. Faustning Toʻxta ey Vaqt, men angladim dunyo sirin degan maʼnodagi gapi, xuddi uning qalbida qandaydir yorugʻlik va uchqun paydo boʻldi deganday yozgan Gyote.

Yarim tun qismida

Toʻrt sochli ayol boʻladi deb yozilgan, eng qiziqarli joyi, oʻsha toʻrt sochli ayollarning nomi: Kamchilik, Ayb, Tashvish va Ehtiyoj.

Faqatgina Tashvish Faustning yoniga oʻta oladi, yaʼni eshiklar tirqichidan sigʻadigani ham Tashvish. Qolganlari kirolishmaydi.

Ayb

Olisdan biz tomon kelayotgan kim?

Ehtiyoj

Axir U suyukli akamiz - oʻlim!

Faust

Toʻrtov edi ular, uchov qaytdilar,

Ilgʻolmadim bunda nelar aytdilar.

Ehtiyoj soʻzini eshitdim tanho,

Soʻngra “oʻlim” soʻzin - misli aks sado!

Tashvish

Seningcha men bekorman,

Yuragingda lek borman.

Har shaklda, har turda

Men boʻlurman namoyon.

Mendan butun umrda

Ozod boʻlmas inson.

Quruqda ham, suvda ham

Boʻlurman qoʻrqinch hamdam.

Taqdiri azal bormen,

Qismat bergan ozormen.

Bilmaganmi eding tashvish nimadir?

Part2 qachondir…