Logo

Ilohiy Komediya | Dante Aligyeri

October 14, 2025
6 min read
index

Dante Aligyeri haqida

Dante italiyan adabiyotining buyuk shoirlaridan. Hayoti davomida siyosat, falsafa va adabiyot bilan shug’ullangan. Italiya Florensiyada tug’ilgan bo’lsa ham, o’sha davrdagi siyosiy kurashlar tufayli o’z vatanidan quvg’in qilinadi, va aynan shu unga butun adabiyot tarixidagi eng yaxshi asarlardan biri, italyanchasiga aytganda ‘La Divina Commedia’ ni ya’ni ‘Ilohiy Komediya’ni yozishga ilhom beradi.

Ilohiy Komediya

Ilohiy Komediya Danteni necha asrlardan beri saqlanib kelgan, o’qiganda miyyani tutatib yuboradigan merosi hisoblanib, uch qismga bo’linadi:

  1. Inferno - ya’ni do’zox. Dante do’zoxga tushib, gunohkor odamlar qanday azob chekayotganliklarini tasvirlaydi
  2. Purgatorio - A’rof. Ilohiy Komediyani bu qismida Dante yaxshi ham yomon ham bo’lmaganlarni tasvirlaydi. Oxir oqibat ular xudo irodasiga ko’ra jannat yoki do’zahga tushishadi.
  3. Paradiso - Jannat.

Birinchi qism - Inferno | Do’zox

Dante Ilohiy komediyani birinchi qismida inson gunohlariga e’tibor beradi. Bu qismda Dante o’zini do’zohda tasvirlaydi, ya’ni u do’zohda o’rmon ichida uyg’onadi. Qorong’u o’rmondan chiqishga urinayorgann Danteni oldiga buyuk rim shoiri Vergiliy kelib unga, uni bu yerdan olib chiqishini, do’zah va a’rof orqali jannatga yo’l ko’rsatishini aytadi. Vergiliy va Dante dastlab do’zah bo’ylab A’rofga yetish uchun safar qilishadi. Safarlari davomida Dante do’zahni o’z ko’zi bilan ko’rib, u yerni qavatli qilib tasvirlaydi va xar bir qavatda aniq bir gunohlar uchun ajratilgan.

Hop bular qanday gunohlar? Tanishinglar Yetti o’lim gunohlar (The seven deadly sins)

Yetti o’lim gunohlari

Aynan shu yetti gunohlar eng xavfli ma’naviy zaifliklar bo’lib, boshqa gunohlar ham shular orqasidan keladi

  1. G‘urur
  2. Hasad
  3. G‘azab
  4. Dangasalik
  5. Ochko‘zlik
  6. Isrof
  7. Shahvat

(inglizchadan qo’limdan kelgancha tarjima qildim)

Do’zox tuzilishi

Dante do‘zaxni to‘qqiz doira sifatida tasvirlaydi. Doiralar pasga qarab qisqarib boradi, ya’ni 9-qavat eng katta doira bo’lsa 1-qavat eng kichkina doira. Markazda esa Lutsifer qaysidir ma’noda shaytonni o’zi joylashgan.

  1. Birinchi doira - Limbo. Dinga e’tiqod qilmagan ammo shu bilan birga kechirilmas gunoh ham qilmaganlar joyi. Ular u yerda azoblanmaydi ammo ja mazza ham qilib yuborishmaydi. Dante juda ko’p tarixiy shaxslarni u yerda ko’rganini tasvirlaydi ulardan, Sokrat, Platon, Aristotel, Gomer, Ovid, Goratsiy …

  2. Ikkinchi doira - nafrat va ehtirosga berilganlar uchun. Nafrat va shavqat domiga tushganlarning joyi. Jazolari kuchli shamollarda uchib yurish. Dante Kleopatrani shu yerda tasvirlaydi nimaga ekana))

  3. . Uchinchi doira - yeb-to’ymaslar uchun, O’z nafsini nazorat qilmaganlar bu yerda doim yomg’ir ostida, axlatda aralashgan loy ostida yotadi

  4. To‘rtinchi doira - mol-mulkga haddan ziyod berilganlar. Ular katta og’ir toshlarni sudraydi

  5. Beshinchi doira – G‘azabini boshqara olmaganlar uchun. Daryoda gunohkorlar doim bir biri bilan urishadi bazilar suv ostida abadiy ko’milgan bo’ladi

  6. Oltinchi doira – Bid’at. Dinga qarshi bo‘lganlar. Olovli qabrlarda yotishadi.

  7. Yettinchi doira – Zo‘ravonlar uchun. Boshqalarga, o‘zlariga yoki Xudoga qarshi zo‘ravonlik qilganlar

    1. Boshqalarga zo‘ravonlik qilganlar → daryoda bo’lishadi daryo qaynayotgan qon va olov bilan to’ladi
    2. O‘ziga zo‘ravonlik qilganlar → daraxtga aylantiriladi va doimiy azoblananishadi
    3. Xudoga qarshi zo‘ravonlik qilganlar → quruq cho‘l ustida yonishadi
  8. Sakkizinchi doira – Firibgarlar maskani. Turli sinflarga bo’linib, olov,loy yoki kuchli shamollar bilan jazolanishadi

  9. To‘qqizinchi doira – Xiyonat. Do‘stlariga, oilasiga, vataniga xiyonat qilganlar. Abadiy muz ostida qotib turishadi, markazda esa shaytonni o’zi turadi. Bu doira eng og‘ir azob.

Shunday qilib Dante va Vergiliy do’zahning eng chuqur joyiga tushadilar, Bu yerda esa Lutsifer (iblis/shayton) muzlagan xolda turadi. Vergiliy Danteni ulkan muzlagan iblis tanasi bo’ylab pastga olib tushadi, chunki bu A’rof (Purgatorio)ga yetishni yagona yo’li. Ammo qiziq joyi shundaki ular pastga tushayotgan payt tepaga ko’tarilishayotgan edi. Shunday qilib ular A’rof tog’lariga chiqishadi.

Ikkinchi qism | Purgatorio | Poklanish

Do’zah safaridan so’ng Dante va Vergiliy ruhiy tozalanish joyi “Purgatorio” ga kelishadi. Dante bu yerlarni tog’ ko’rinishida tasvirlagan va do’zahdagi kabi bu yera ham qavatlar mavjud. Do’zahda Dante va Vergiliy tepadan pasga tushishgandi, bu do’zahni, gunoh qilavergan odamlarni qanchalik tubanlashib ketishini ifodalaydi. Purgatorioda esa aksincha pasdan tog’larning cho’qqisigacha qavatlar mavjud, endi pasdan tepaga ko’tarilish kerak, ar bir qavat ruhning ma’naviy yuksalishini bildiradi.

Tog’ etagi | Ante-Purgatorio

Bu joyda hali poklanishni boshlamagan, lekin pushaymon bo‘lgan ruhlar bor.

Masalan:

  • So‘nggi nafasida tavba qilmaganlar

Shu kabi ruhlar o’z navbatlarini kutishadi. Dante bu joy uchun ajoyib gap aytadi

kechikkan tavba ham najot eshigini ochadi, ammo vaqt kerak bo‘ladi

Asosiy Purgatorio — 7 zinapoya

Bu daraja ham gunohkorlar o’z gunohlari uchun jazo olishadi. Ya’ni 7 zinapoya 7 asosiy gunohlar uchun (yetti o’lim gunohlari)

  1. Kibr. Jazosi:Ruhlar orqalariga og‘ir toshlar bog‘lab yurishadi bu ularga kamtar bo’lishni o’rgatadi
  2. Hasad. Jasosi: Ko’zlari sim bilan tikiladi. Bu jazo ularga boshqalarning baxtidan xursand bo‘lishni o‘rgatadi
  3. G‘azab. Qorong’u zulmat ichida yurishadi. Bu jazo ularga Sokinlik va sabrni o’rgatadi
  4. Dangasalik. Ruhlar tinimsiz yugurishadi. Bu jazo ularga o’zlaridagi Dangasalikni yengishni o’rgatadi
  5. Ochko‘zlik. Ruhlar yerga yuztuban yotishadi, bu ularga dunyo molidan voz kechishni o’rgatadi.
  6. Shahvat. Ruhlar och va chanqagan holda bir nuqtaga qarab turishadi. Bu jazo ularga ruhiy to’qlikni o’rgatadi
  7. Xasislik. Ruhlar yonib turgan yerga yurishadi. Bu ularga sof xislarni o’rganish va halol bo’lishni o’rgatadi.

Do’zahdan farqli o’laroq, bu yerdagi jazolar abadiy emas, ruhlar ma’lum vaqtdan keyin Do’zah yoki jannatga tushishadi. Bu ularning qanchalik saboq olganliklariga bog’liq.

Paradiso Terrestre

Dante va Vergiliy eng yuqori cho’qqiga chiqishadi, bu Paradiso Terrestre bo’lib, poklik, tinchlik va begunohlik ramzi. Dante shu yerda Vergiliy bilan xayrlashadi, chunki uning vazifasi Danteni do’zah va Purgatoriodan olib o’tish edi. Vergiliy Danteni boshqa biriga, Beatrisaga topshiradi. Beatrisa - ilohiy muhabbat timsoli. U Danteni so’roq qilib gunohlarini tan olishga majbur qiladi, gunohlarini tan olgan Danteni Lethe daryosida cho’miltiradi, daryo gunohlarini unutiradi. so’ng Eunoë daryosi suvini ichiradi, bu suv unga yaxshi ezgu ishlarini eslatadi. Oxiriga kelib Dante pok ruhga aylanadi. So’ng ular osmonga ko’tarilishadi.

Uchinchi qism | Paradiso - Jannat

Dante Ilohiy Komediyani har bir qismnini aniq bir mazmunga moslab yozgan, Inferno qismi gunohlar va ularning oqibatlari, Purgatorio - poklanish, va Paradiso jannat qismi - oliy mukofot va ruhiy mukammalikni ifolaydi.

Dante jannatni geotsentrik kosmos sifatida tasvirlaydi, ya’ni markazda yer, atrofida esa osmon qavatlar (sferalari) mavjud. Har bir sfera - ma’naviy daraja va ma’lum fazilatni tasvirlaydi. Sferalar soni esa 10 ta

Osmonning 10 ta sferalari

  1. Oy sferasi - bu yerda niyati pok bo’lgan ruhlar joyi, Ramziy fazilatlari esa iymon va niyati
  2. Merkuriy - Adolatli insonlar, Ramziy fazilatlari - ezgu ishlarini
  3. Venera - sof muhabbat egalari, Ramziy fazilatlari - sevgi
  4. Quyosh - Donishmandlar, ilohiy bilim egalari, Ramziy fazilatlari - aql, idrok
  5. Mars - dovyurak mard insonlar, jangda qurbon bo’lganlar, Ramziy fazilatlari - Jasorat
  6. Yupiter - xalqni adolat bilan boshqargan hukmdorlar, podshohlar, Ramziy fazilatlari - Haqiqat va adolat
  7. Saturn - diniy bilim egalari, Ramziy fazilatlari - ibodat
  8. Yulduzlar sferasi - diniy yo’lboshchilar, Ramziy fazilatlari - iymon va umid
  9. Kristal osmon - farishtalar, xudoga eng yaqin mavjudodlar, Ramziy fazilatlari - Pok muhabbat va sadoqat
  10. Empyrean - eng yuqori sfera, Xudoni nazari tushgan ruhlar, Ramzlari - abadiy nur va muhabbat

Dantening yo’lboshlovchilari

Dastlab Dantega Vergiliy hamrohlik qiladi, keyin u Danteni Beatrisaga topshiradi, Beatris uni jannatga olib chiqib, Avliyo Bernardga topshiradi. Bernard unga hamrohlik qiladi.

Har bir sferada Dante ruhiy o’sadi, yangi fazilatlarni o’rganadi, gunohkorlardan butunlay tozalanadi.

Yakun

Butun asar Dantening hayoti emas butun insoniyatning ichki olamini, ruhiy dunyosini tasvirlaydi. Dante do’zahda odamzodning yovuzligi va adolatning og‘irligini biladi. Purgatorio insonning najot topishga intilishi, poklanishga umidi tasvirlanadi. Jannat qismida esa Dante oliy fazilatlarni va inson ruhi yetishi mumkin bo’lgan oliy yuksalishni, xotirjamlikni tasvirlaydi.