Logo
Overview

O'rta yer tarixi | Tolkin olami

October 5, 2025
4 min read
index

Kirish

Ko’pchilik raxmatli Tolkin boboni fantastik dunyosi o’rta yerni asosan uzuklar hukmdori voqealariga asoslangan deb o’ylar ekan, qaysidir ma’noda shunaqa ammo ayan shu uzuklar hukmdoridagi voqealargacha ham ehhe qancha ishlar bo’lganku. Umuman olganda Tolkinning “O’rta yer”ini tushunish uchun, shu olamga bog’liq ko’plab kitoblarni o’qib chiqish kerak. To’g’ti Hobbit va Uzuklar Hukmdori O’rta yerning asosiy voqealarini aks ettiradi ammo voqealar undan ko’ra ancha chuqurroq.Tolkin Arda(yer) yaralishidan tortib, o’sha uzukni yo’q qilish joyigacha, o’zining olamining butun boshli tarixi yozib chiqadi, turli xalqlar va shu xalqlar uchun o’zi alohida til va yozuvlar ham yaratadi.

Xullas bu postda Uzuklar hukmdoridan ancha oldin sodir bo’lgan voqealar haqida

Arda(olam)ni yaralishi

  • Ardaning yaratilishi — Ilúvatar qo‘shig‘i davri. Tolkin bu davrni vaqt o’lchovidan oldingi davr sifatida tasvirlaydi.
    • Eru Ilúvatar — Tolkin olamida butun olam yaratuvchisi. Eru Ilúvatar Ainur deb ataluvchi ruhlarni yaratadi.
    • Ainulindalë — Ainurlar qo’shig’i, boshqacha qilib aytganda butun olam yaralish qo’shig’i. Eru Ilúvatar barcha Ainur ruhlari kuylashga chaqiradi, hammasi o’ziga hos ohangda, bir to’lqinda/maromda kuylashadi. Bu kuy esa Arda ya’ni olamni yaralishiga asos bo’ladi. Ruhlar kuyi olamni shakllantiradi.

Ainurlar ichida eng qudratlilari Valar, qolganlari esa Maiar deb ataladi

Valarlar: Katta darajadagi ruhlar, ular Ardani bosh hukmdorlari.

Maiarlar: Valarlar yordamchi xizmatchilari, kichik ruhlar.

Jami 14 Valarlar mavjud 7 erkak 7 ayol.

Erkak Valarlar:

  • Manwë — shamollar va osmon valari(ruhi). Ilúvatar unga “Qirol” unvonini beradi. Ardaning hukmdori

  • Ulmo ruhi - suv va dengizlarni

  • Aulë — tosh, metall va yer osti san’atining ustasi

  • Oromë — O‘rmonlar va ovchilik

  • Mandos (Námo) — O‘liklar hukmdori

  • Lórien (Irmo) — Orzular va dam olish

  • Tulkas — Jang, kuch-qudrat

Ayol Valierlar:

  • Varda (Elbereth) — Yulduzlar malikasi, Valar Manwëning jufti

  • Yavanna — Tabiat va o‘simliklar onasi. Valar Aulëning justi, aynan u daraxt odamlar Entlarni yaratishda ro’l o’ynagan.

  • Nienna — rahm-shafqat

  • Estë — Tinchlik, Lórienning rafiqasi

  • Vairë — Vaqt va tarix to‘quvchisi.Valar Mandosning jufti.

  • Vána — Abadiy yoshlik malikasi. Yavannaning singlisi, u gullar va qushlarning bahorini nazorat qiladi

  • Nessa — Tezlik, Tulkasning rafiqasi, u chaqqon, quvnoq va raqsni sevadigan qilib tasvirlangan

Maiarlar - esa son jihatidan ko’p va ko’plarini shunchaki Hobbit va Uzuklar hukmdori kinolarini ko’rganlar ham tanisa kerak.

Masalan ular:

  • Sauron. Ha Sauron boshidan mavjud bo’lib metall va yer osti san’atining valari Aulë ning xizmatkori bo’lgan.

  • Olórin - eng donishmand Maiar, uni ko’pchilik Gendalf nomi bilan taniydi bu nomni u O’rta-yerga yuborilayotgan payti oladi.

  • Curumo - Saruman, u ham Aulëning xizmatkori bo’lgan

  • Aiwendil - Radagast, Yavannaning xizmatkori.

  • Balroglar

Ko’rinishidan hammasi yaxshi shunday emasmi, Eru Ilúvatar Ainurlarni yaratdi va keyin ular birgalikda olamni (arda) yaratishni. Xar bir Ainur olamda o’ziga xos o’rnini topdi. Ammo hammasi olam(arda) yaralish paytidayoq(Ainulindalë) buzilgan edi. Barcha Ainurlar bir ohangda kuylagan payt Melkor ismi Ainur uyg’unlikni buzib boshqalarga va Eru Ilúvatarga qarshi kuylaydi. Uning bu ishi olamga yovuzlik,mag‘rurlik va hasad kabi illatlarni tushiradi. Keyinchalik u Ainurlardan ajralib, Ardani o’z hukmronligiga olish uchun boshqa Ainurlarga qarshi urush ochadi. Shu sababli ham uning ismi 14 Valarlar orasida yo’q. Unga Morgot Bauglir deb nom berishadi. Elflar tilida bu “Dunyoning qora dushmani” degani.

Silmarill toshlari haqida

Silmarillar — bu uch muqaddas toshlar. Elf Fëanor tomonidan yaratilgan. Feanor elflar orasida eng usta hunarmandi hisoblangan. Silmaril toshlari Telperion va Telperion daraxlari nurlarini o’z ichiga jamlagan edi.

Toshlar o’zida ikki daraxt yorug’ligini jamlagan edi.

Morgot Valarlar oldida uzr so’rab insof kirdi deb qaytib keladi(niyat pizdes bo’gan lekin). Ungoliant degan ulkan nur so’ruvchi o’rgimchak bilan til biriktiradi, Ular Ezellohar tepaligiga ko’tarilishadi, u yerda ikki muqaddas daraxt bor edi, Ungoliant daraxtlar ildiziga tish solib, ular nurini so’rib oladi. Daraxtlar so’nadi, Valinorda zulmat davrlari boshlanadi. Daraxtlarning yagona nurlari Feanor yasagan Silmarill toshlariga qolgan edi, ammo Morgot ularni ham uxlatib ketadi, o’g’irlaydi. Shundan so’ng u o’zining qalasi Angbandga qaytib Silmarill toshlarini o’z tojiga o’rnatib o’zini Arda(olam) hukmdori deb e’lon qiladi,

Shundan so’ng ming yillarga cho’zilgan urushlar boshlanadi.

Urushlar

Morgot(Melkor) Valarlarga qarshi urush ochadi, o’z imperiyasini tuzadi. Masalan:

  • Sauron, Morgot(Melkor) tomonga o’tib ketgan va o’ng qo’liga aylanadi.

  • Olov jinlari - Balroglar. Dastlab Balroglar Valarlarga xizmat qiluvchi ruhlar bo’lishgan. Ammo Morgot(Melkor) ularni o’z tarafdorlariga, olov bilan o’ralgan mavjudodlarga aylantiradi.

  • Balroglar Morgotning eng kuchli jangchilaridan bo’lishgan va Angband qa’lasini qo’riqlashgan.Yuz yillab davom etgan urushlarda ayniqsa xal qiluvchi jang G‘azab urushida Balroqlar qirib tashlanadi. Uzuklar hukmdori kinosida omon qolgan Balroglardan biri (yagonasi bo’lishi ham mumkin), Udun alangasi Balrogi ko’rsatiladi. U ham Gendalf tomonidan o’ldiriladi.

  • Orklar - qachonlardi elf bo’lgan bu mavjudodlar. Morgot go’zallikda tengi yo’q elflarni qo’lga olib, turli tajribalar orqali Orklarni yaratadi.

  • Glaurung - butun Ardadagi birinchi ajdarxo, u ham Morgotning Angband qa’lasida o’tkazgan tajribalari mahsuli.

G’azab urushi

Ming yillar davomida Morgot urushlar olib boradi, ammo hammasi G’azab urushi paytiga kelib o’zgaradi. Bu urushda ikki tomon ham bor kuchini jang maydoniga tashlaydi. Valarlar tomonidan sarkarda Eönwë boshchiligida, u elflar va Maiarlar bo’lgan ulkan qo’shinni Beleriandga, Morgot qo’shinlariga qarshi olib boradi. Morgot ham o’z qo’shini ishga soladi, Balroglar, Orklar ammo baribir mag’lub bo’ladi va Eönwë tomonidan tutiladi va bo’shliqga quvg’in qilinadi. Shu bilan Morgotning hikoyasi tamom

Ammo qaysidir ma’noda ko’pchilikga tanish hikoya endi boshlangandi. Sauron qochib qolishga muvaffaq bo’lib, O’rta-yerga boradi. O’zini Elf Annatar deb tanishtira boshlaydi. Aynan shu paytdan u o’zining uzuklarni yasash g’oyasini amalga oshirish payiga tushadi.

Bu haqida boshqa alohida yozaman, balki keyingi yakshanbada…