Logo
Overview
Valpurgiya kechasi

Valpurgiya kechasi

August 11, 2025
2 min read
index

Valpurgiya kechasi haqida | Faust (2-qism)

Kelib chiqishi haqida

Tanishinglar: Sankt Valpurga (Saint Walpurga). Kelib chiqishi ingliz bo‘lib, qadimgi Germaniyada xristianlikni targ‘ib qilgan. Odamlar uni sehrgarlar va yovuz ruhlardan himoya qiluvchi muqaddas ayol deb bilishgan.

Hop buni nima aloqasi bor deyishlaring mumkin. Valpurgiya kechasi nomi aynan Sankt Valpurgaga atab qo‘yilgan. 30-apreldan 1-mayga o‘tar kechasi Germaniya va Skandinaviya hududlarida nishonlanadi.

(Germaniyada xristianlikdan oldin bu kecha bahorning kelishini kutib olish bayrami sifatida nishonlangan)

Valpurgiya kechasi mifologiyasi

Valpurgiya kechasi qatnashchilari yunon mifologiyasining quyi bosqichidagi stixiyali qahramonlari hisoblanadi. Ularning harakati uch bosqichda bo‘lib o‘tadi:

  1. Birinchi bosqich: Tabiatning dahshatli va vahshiy kuchlari, aql bovar qilmaydigan mavjudotlar — ulkan chumolilar, ajdarlar, sfinkslar.
  2. Ikkinchi bosqich: Yarim xudolar, ot odamlar, suv parilari obrazi.
  3. Uchinchi bosqich: Inson va uning tafakkuri vujudga keladi.

Faustda valpurgiya kechasida tilga olingan mifologik qahramonlari

(asosiylari)

Erixto (Erichtho):

Erixto - turli kitoblarda qadimgi yunon Tessaliya mintaqasidan chiqgan sehrgar ayol deb ta’rif beriladi. U Pompeyga Sezar bilan jangda mag’lub bo’lishini aytgan, Pompey va uning avlodlari uchun fojiali bashoratni aytib beradi. Adabiyotlarda Erixto dahshatli ko’rinishda, yuzi kichik, sochlari esa oq va ilonlar bilan o’ralgan tarzda tasvirlanadi.

Xiron

Xiron qadimgi yunon mifologiyasidagi eng donishmand va adolatli qahramon va kentavr) Otasi Titan Kronos(Saturn) onasi esa Filira edi. Kitoblarda u tibbiyot,ovchilik,musiqa,astronomiya, va bashorat bo’yicha katta ilmga ega deb tasvirlangan. Yana Xiron ko’plab mifologik qahramonlarga ustoz/murabbiylik qilgan. Axilles,Yason,Asklepiy,Gerakl,Persey…

Xiron otasi titan bo’lganligi uchun o’lmas edi ammo Gerakl tasodigan Xironni zaharli o’q bilan jarohatlaydi, oxir oqibat Xiron o’lmaslik ne’matidan voz kechib, Prometeyni ozod qilish evaziga o’limiga rozi bo’ladi. Zevs uning bu fidoyiligini qadrlab, Xironning o’limidan so’ng uni yulduzlar orasiga joylashtiradi.Centaurus o’qchi yulduz turkumi. Shundan beri bu yulduz turkumi va Xiron bilim, tarbiya, shifobaxshlik va ustozlik timsoli sifatida turli adabiyotlarda tasvirlanadi.

Nerey va uning bashoratlari

Nerey — yunon mifologiyasida qadimgi dengiz mabudi. Nerey dengiz xudosi sifatida kelajakni koʻra olish va haqiqatni aytish bilan mashhur edi.Ko’p xodisalarni aniq bayon qilgan deyiladi. U Pontus (Dengiz) va Gaia (Yer)ning oʻgʻli hisoblanadi. Nerey mifologiyalarda Poseydon hukmronligi boshlanishidan oldin dengizlar xudosi sifatida muhim ro’l o’ynagan.

Yana biror kun bekorchi bo’lib qolsam yozaman part 3 ni …