Rekarnatsiya(reincarnated) - bu o’limdan keyin ruhing bilan boshqa tanada qayta tirilish.
Men uchun bu trek GNX albomidan eng yaxshisi.Yuqori darajali story-telling bor bu yerda.
Qo’shiq asosiy uchta qismga(verse)ga bo’lingan.Har bir verse ni o’zini hikoyasi bor.
Masalan
Birinchi verse
Kendrick mana bunday deydi:
My father kicked me out the house ‘cause I wouldn’t listen to him
I didn’t care about his influence, only loved what I was doing
Gifted as a musician, I played guitar on a grand level
The most talented where I’m from, but I had to rebel
And so I’m off in the sunset, searchin’ for my place in the world
Bu verse John Lee Hooker
ga bag’ishlangan.Hooker — afsonaviy blues gitarachisi bo‘lib, 1940-yillarda o‘z faoliyatining shakllanish davrini Detroit shahrida o‘tkazgan. Shuningdek, u o‘smirligida uydan qochib ketgan Kendrick butun verseda shu odam perspektividan kuylaydi.
Died with my money, gluttony was too attractive, reincarnated
Hooker musiqa tufayli katta pul ishlab topgan ammo uni hechkim birorta hayriya tadbiri yoki shunga o’xshagan narsalarga pul ajratganini ko’rmagan. Qo’shimchasiga u turli mahsulotlarni sotish uchun o’z musiqalaridan foydalangan.
Ikkinchi verse
Another life had placed me as a Black woman in the Chitlin’ Circuit
Seductive vocalist as the promoter hit the curtains
My voice was angelic, straight from heaven, the crowd sobbed
A musical genius what the articles emphasized
Had everything I wanted, but I couldn’t escape addiction
Heroin needles had me in fetal position, restricted
Bu verseda Kendrick Chitlin’ Circuit sahnalarida ijod qilgan ayolni tasvirlaydi,butun verseni tahlil qilinadigan bo’lsa musiqa tarixida Kendrickning bu verse siga tushadigan ikkita ayol vokalist chiqadi.
- Dinah Washington – jazz va blues janrlarining yulduzi, kuchli ovozi bilan tanilgan
- Billie Holiday – chuqur hissiyotli jaz vokali bilan mashhur, ijtimoiy mavzularga ham e’tibor qaratgan
Bu ikkala san’atkorlar giyohvandlik yoki spirtli ichimliklarga bog‘liqlik sababli sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etgan.Kendrick tragediyaga uchragan mashhur qora tanli ayol qo‘shiqchisi obrazini gavdalantirgan ammo kimligi aniqmas.
Uchinchi verse
Uchinchi va oxirgi verseda Kendrick o’zini perspektividan gapiradi.
My father kicked me out the house, I finally forgive him
Aynan mana shu qatorda Kendrick uch xil shaxs sifatida gapiryapti 1. O’zini hozirgi hayoti Kendrick Lamar sifatida:Otasini uni uydan haydab yuborgan ammo endi u nimaga otasi bunday qilganini tushunadi. (Father Time ni eshitib kelish) 2. Gitarist Hooker:Uni ham otasi uyidan haydab yuborgan edi. 3. Lutsifer sifatida. Xudo uni jannatdan haydagan (xristian nimadirlari bo’yicha narsa bu) keyin xristianlarda xudoga “ota” deb ham murojat qilishadi.
Lutsifer ba’zan “musiqa-farishtasi” deb ham tariflanadi, ammo internetni titsam bunaqa gap topolmadim, ozroq xalq og’zaki ijodi chiqdi xolos ya’ni yettinchi kun advintistlar cherkovi asoschilaridan biri Ellen White tomonidan ommalashtirilgan ekan balki Kendrick bundan simvolik tarzda foydalangandir
Embodied you as superstars to see how you moving
Lucifer yerga qayta-qayta san’atkor ko’rinishida tushgan. Xudo uni ilgari jannatdan quvilishiga sabab bo‘lgan xatti-harakat va kayfiyatlardan voz kechganmi-yo‘qmi bilmoqchi bo’lgan.(mashna narsa chiqdi internetdan) va bu holatda Kendrick ham ulardan biri ya’ni hozir uni navbati.Umumiy qo’shiq K-dotni o’tmishdagi mashxur san’atkorlar xotirasini eslashi haqida.Bu hayotlarning barchasi, Kendrickni ham qo‘shib, aslida Lutsiferni yerga qaytgan shakllari bo‘lgan — maqsad: axloqiy va ma’naviy jihatdan o‘zgargan yoki o’zgarmaganini sinash. Avvalgi barcha urinishlar ya’ni odamlar , shuning uchun qo‘shiqda Xudo Kendrickga hozirgi hayotida ham xuddi shu xatolarga yo‘l qo‘ymasligiga shubha bilan qarab, uni so‘roq qiladi.
I rewrote the devil’s story just to take our power back, ‘carnated
Xristianlik afsonalarida Lutsifer musiqa-farishtasi degan gap bor dedik, Kendrick bu afsonani qayta talqin qiladi. Musiqani Lucifer bilan bog‘langan salbiylikdan ajratadi. Kendrick/Lucifer musiqani odamlarga ilhom,zavq berish,yo’l ochish va odamlarni uyg’un hayotga undash uchun ishlatishga va’da beradi — avvalgidek yo uchun emas. Shaytonni ramziy ma’noda “o‘ldiradi”