This post has been read 1125👁️ times.
Fresh fikrlar
Oldin umuman qilmagan ishingni qilib ko’r degan gap bor.Xazillashdim o’zim to’qidim vijdonimga orom berish uchun. O’zimni gapimga amal qilib,yangi kitob janriga kirib ko’rdim ya’ni dark-romance(o’zbekcha tarjimasini chiqara olmadim).Avval ham romantik janr kitoblar o’qiganman lekin romantik janr bilan dark-romance orasidagi farq yer bilan osmoncha. Shuning uchun ta’sirchan yoki qanaqadir yangi kitobxon uchun bu janrni maslahat bermayman.
Endi kitobni o’ziga kelsak
Haunting Adeline
Kitob - H.D Carlson tomonidan yozilgan,aytib o’tganimdek dark-romance va psihologik triller janrlarini uyg‘unlashtirgan roman hisoblanadi.
Aynan shu sababli kitobda kiraverishda yozib qo’ygan:
Trigger Warning: This book ends on a cliffhanger. It is a dark romance that contains graphic violence, dub/non con, and deals with subject matters such as child trafficking and human sacrifice. If you have ANY triggers at all, this may not be the story for you
(shu yerda ingliz tili kursingiz reklamasi bo’lishi mumkin edi ehhh)
Carlson opa jaa bir ma’naviyatli bo’lsanglar o’qima deyapti xullas.
Kitobni voqealari haqida
Spoiler qilishlik kasalim tutib qoldi ma qilay)
“Haunting Adeline” — yolg‘iz yashaydigan yozuvchi Addie haqida hikoya.Adeline buvisidan qolgan uyning merosxo‘ri sifatida hashamatli uy (kanor)ga ko‘chib o‘tadi. Buvisi raxmatli bo’lib ketgan ya’ni o’ldirib ketishgan.Ammo qotil aniq emas.
Butun kitob hikoyasida yoqtirgan narsam sirli voqealarni yana bir-biridan sirli voqealar bilan o’ralgani bo’ldi. Addiening buvisi bilan bog‘liq qotillik,Addie va Z o‘rtasidagi munosabatlar.
Z ham biroz g’alati tasvirlangan personaj o’zi. U jinoyatchi. U odamlarni qiynaydi va o‘ldiradi,Lekin oddiy odamlarni emas,ayollar va bolalarga nisbatan jinoyat qilgan jinoyatchilarni yana bir jinoyatchi jazolaydi.Batman emaskuya lekin bu holat xuddi “yomon odam, lekin to‘g‘ri sabablar uchun” degan stereotipdek.
Kitobni yana bir ajoyib tomoni Carlson opa Z ga qandaydir fojiaviy o‘tmish yaratib, o‘quvchini unga achinishga majbur qilmaydi. Boshqa yozuvchilar personajidek “Men bu yo’lga qiynalganimdan,pulsizlikdan blya blya narsalarni deb kirib qoldim” degan narsa yo’q.Aksincha, Z bu yo‘lga ongli ravishda kirgan, u o‘z qilmishlaridan afsuslanmaydi va kechirilishga loyiq emas deb ko‘rsatilgan.
Yana bir e’tiborga loyiq narsa. Men Z’ni ancha “sun’iy” obrazdek his qildim. Ha bu ko’p kitoblar uchun g’alati bo’lardi chunki kitobxon to’g’ridan to’g’ri personajni xis qilishi kerak ammo istisnolar ham mavjud.Masalan Z. U biroz karikatura darajasida yozilgandek — lekin aynan mana shu tufayli u kontekstda ishlay oladi. Agar u haqiqiy odamdek tasvirlanganida, balki men kitobni oxirigacha o‘qiy olmasdim.Ayna shu obraz yaratgan aqliy ziddiyat meni kitobni tugatishimga motivatsiya berdi. Addie obrazi esa bilmadim men his qilomadimni yoki yo’q rostan ham sun’iy ko‘rindi.Xatto shu kitob uchun ham. O’zini hazilkash va “odatiy qiz”dek ko‘rsatishga urinayotgandek tuyuldi. Bu esa meni hikoyadan chiqarib yuboraverdi yuboraverdi. Kitob davomida Parson Manorida ruh borligi ham eslatiladi, lekin bu mavzu birinchi kitobda to‘liq ochilmadi,Nazarimda duestning ikkinchi qismida bu masalaga ko‘proq urg‘u berilsa kerak. Agar ikkinchi qismni o’qisam qachondir u haqida taqriz chiqadi.
Xullas hammasi shu .Kitobga 4 ta yulduz yopishtirsam bo’ladi (o’zim uchun) umumiy auditoriya uchun, ob’ektiv me’zonlar asosida va shaxsiy qarashlar asosida. Odatda shaxsiy bahoni oshkor qilmayman, lekin bu safar alohida aytishim kerak deb o‘ylayman: men dark-romance yoki “roziliksiz romantika” janrining muxlisi emasman,bu janrga ko’chadan kirib qoldim o’zi, shunga qaramay bu kitobga 4 yulduzli bahoga arziydi.Lekin siz bu turdagi asarlarni yoqtirsangiz, “Haunting Adeline” kitobi javoningizda o‘z o‘rnini topishi aniq. Baribir o’lib ketamiz xoxlagan janr o’qinglar