Logo
XXX.

XXX.

snaxcyz snaxcyz
July 27, 2025
3 min read
index

Song: “XXX.”

00:00 / 00:00

Throw a steak off the ark to a pool full of sharks, he’ll take it

Leave him in the wilderness with a sworn nemesis, he’ll make it

Take the gratitude from him, I bet he’ll show you somethin’, whoa

XXX. treki DAMN. albomidagi top qo’shiqlardan. Boshqa nomi “X-rated”, yaʼni “kattalarga moʻljallangan” Kenny bu qoʻshiqda siyosat jihatdan “jannatmakon” Amerikani tanqid qiladi. Mavzu qoʻshiq nomidan bilinib turibdiki, ancha jiddiy, bolalarcha oʻylangan emas.

Kendrick oʻz vatanida duch kelayotgan muammolar, qora tanlilarga va umuman, Amerikadagi inson qadriga boʻlgan munosabatning juda yuzaki va xarobligi haqida gʻazab aralash kuylaydi.

Qoʻshiqda Irlandiyalik U2 Rock guruhi chiqargan “American soul” va Békonning “America” qoʻshiqlaridan sample sifatida foydalanilgan va bu qoʻshiqning atmosferasini toʻla ochib, unga ozgina konfliktiv rang-baranglik qoʻsha olgan.

Johnny don’t wanna go to school no mo’ no mo’

Johnny said books ain’t cool no mo’ (No mo’)

Johnny wanna be a rapper like his big cousin

Johnny caught a body yesterday out hustlin’

God bless America you know we all love him

Ushbu qismdagi aytib oʻtilgan Jonny Kendrickning 2011-yilda chiqargan “Little Jonny” qoʻshigʻiga ishora. Unda Jonny ismli bolaning oʻz tengdoshlari tomonidan qabul qilinmasligi natijasida jinoyat olamiga qoʻshilib ketishi haqida aytiladi. Kendrick bu joyida bir odamning boshqalar tomonidan kamsitilishi, toifaga ajratilishi uni yomon tarafga ogʻib ketishiga sabab boʻladi deb aytmoqchi va hamma bir-birini qoʻllab-quvvatlashi zarurligini uqtirmoqchi boʻlgan deb oʻylayman.

Yesterday I got a call like from my dog like 101

Said they killed his only son because of insufficient funds

He was sobbin’, he was mobbin’, way belligerent and drunk

Talkin’ out his head, philosophin’ on what the Lord had done

Kendrick “XXX.” ni chiqarmasdan oldin bir doʻsti oʻz oʻgʻlini yoʻqotgani haqidagi xabarni oladi va bunga aybdorlar borligi Kennyning jahlini chiqaradi va ushbu qoʻshiqda oʻz gʻazabini toʻkib sochgan. Bu bilan u mamlakatda boʻlayotgan adolatsizlikdan shikoyat qiladi.

Hail Mary, Jesus and Joseph

The great American flag is wrapped in drag with explosives

Compulsive disorder, sons and daughters

Barricaded blocks and borders

Look what you taught us!

it’s murder on my street your street back streets

Insonlar qadrlab, ishonib kelgan narsalar ularga unchalik ham yordam bera olmayapti, ahvol yana ham battarlashmoqda, jinoyat hali ham nihoya topmadi, insonlar hali ham berk koʻchalarda itdek oʻlib ketishmoqda. Oʻsha qadriyatlar insonga nima bera oldi? Manfurlikdan boshqa hech narsa.

XXX. umuman DAMN. top darajadagi albom. Kendrick bu albomda/qo’shiqlarida haqiqiy odam qanaqa boʻlishini koʻrsatib beradi, hamma qanaqadir hech narsaga arzimaydigan “narsalarni” maqtab, unga ergashsa, sen bunday qilma, oʻz ovozing bilan ularga kimligingni bildirib qoʻy, oilangni himoya qil, streotiplarga oʻrta barmogʻingni koʻrsat-da, johillikka mahkum boʻlayotga aqlsiz olomonga, senga adolatsizlik qilgan jamiyatga tupur va oʻz hayotingni qur deb aytadi.(Kundalikni chiqarib yozib qo’yadigan narsa)

Homicidal thoughts; Donald Trump’s in office

We lost Barack and promised to never doubt him again

But is America honest, or do we bask in sin?

Pass the gin, I mix it with American blood

Xullasi Damn. afsonaviy albom. Har bir qoʻshiq bir-biriga ulangan, umumiy yaxlitlikni hosil qilib, katta gʻoya va maqsadni ochib berishga xizmat qilgan. Ularning biri ikkinchisini taqozo etadi, boshidagi qoʻshiqlarda ochiq qolgan mavzular keyingilarida davom etadi va toʻldiriladi.

Haqiqiy masterpiece