Logo
UZ EN

Ilohiy OS va Terry Davis

2 min read

test-uzb
Terry Davis (TempleOS / HolyC)

Terry A. Davis

Tanishinglar rasmdagi odam Terry Davis, to’liq ismi Terrence Andrew Davis, amerikalik elektrotexnika muhandisi va dasturchisi bo’lib, o’zining eng maxshur loyihasi TempleOS bilan mashxur.

U aslida kim edi

Terry Davis 1969-yil 15-dekabrda AQShning Viskonsin shtatida tug’ilgan. Bolaligidan kompuyetlarga qiziqgan Terry, Arizona shtati universitetida elektrotexnika bo‘yicha o‘qiydi, 1994-yilda magistr darajasini oladi.

Ruhiy kasallik

1996- yildan boshlab Terryda ruhiy o’zgarishlar kuzatila boshlaydi, shunday holatlar tufayli u tez-tez psixiatriya bo‘limiga yotqizilgan. Aynan shu davrda unda “kosmik mavjudodlar” va “hukumat agentlari” kabi gaplari paydo bo’ladi. Bir marta moshina radiosi men bilan “gaplashyapti” va moshinamda yashirin kameralar bor deb, butun avtomobilni qismlarga ajratib chiqadi. Shifoxonada Terryda shizofreniya borligi aniqlangan. Keyinchalik u Las-Vegasda ota-onasi bilan yashagan va nogironlik bo‘yicha ijtimoiy nafaqa olishni boshlagan. Shizofreniya uning muloqotiga ta’sir qilgan, gaplari tushunarsiz va ko’p xollarda o’zi bilan bilan gaplashadigan bo’lib qolgan. Ammo kompyuter haqida gap ketganda u umuman chalg’imasdan suhbat qilib savollarga javob bera olgan.

TempleOS

Terry Davis (TempleOS / HolyC)

TempleOSkompyuter operatsion sistemasini Terry yakka o’zi 10 yil davomida ishlab chiqgan. Terry bu operatsion sistema ustida ishlash sababi, u hammaga xudo meni o’zini dasturchisi sifatida tanlab oldi va menga ilohiy operatsion sistema yaratishim kerakligin aytdi degan gaplarni gapirgan. Terry youtube da jonli efir qilar, efirda sistema kodlarini yozib o’tirardi. O’zining operatsion sistemasi uchun Terry `HolyC nomli C dasturlash tilida o’xshash til ishlab chiqgan, va buni ilohiy, xudoni dasturlash tili deb atagan.

TempleOS texnik xususiyatlari:

  1. 64-bitli tizim
  2. Non-preemptive multitasking: tizim vazifalarni “majburiy bo‘lib kesib” almashtirmaydi (soddaroq multitasking yondashuvi)
  3. Multi-core: ko‘p yadroli protsessorlarni qo‘llaydi
  4. Public domain va open-source
  5. Ring-0 only: (xavfsizlik va ajratish mexanizmlari klassik OS’lardagidek emas)
  6. Network yo‘q (internetga ulanmaydi)

Grafik xususiyatlari:

  1. 8-bit ASCII matn,
  2. ichida 2D/3D grafika kutubxonalari,
  3. 640×480 VGA, 16 rang,

Fayl tizimlar:

  1. ISO 9660,
  2. FAT32,
  3. RedSea (Davis o’zi ishlab chiqgan)
  4. fayl siqish (compression) qo‘llovi.

Operatsion sistemadagi cheklovlarni Terry xudoni amri deb izohlagan. Terry Davis TempleOS uchun 100 ming qatordan ko’p kod yozgan

O’limi

Terry A. Davis 2018-yil 11-avgust kuni Oregon shtatidagi The Dalles shahrida, temiryo‘l bo‘ylab yurgan paytda Union Pacific poyezdi urib ketishi oqibatida 48 yoshida vafot etgan. Bu o’z joniga qasdmi yoki baxtsiz hodisa aniq emas.